Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda
    24.09.2021

    Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Sardoba, Guliston va Sayxunobod tumanlari hamda Guliston va Shirin shaharlaridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilarining axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishini yanada oshirish, bu yo‘nalishda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida tushunchalar berish shuningdek maqsadida joylarda o‘quv-seminarlar va mahorat darslari tashkil etilmoqda. Joylarda tashkil etilgan o‘quv-seminarlarga 750 dan ortiq o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

    Seminarda  "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida maktablarda o'quvchilarni loyihaga to'g'ri yo'naltirish, dasturlash sohasini mukammal egallashlari uchun ularni “One Million Uzbek Coders” platformasidan ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek tadbirda tumanlarda tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o'quv markazida tashkil etilgan dasturlash kurslari haqida ma'lumotlar berildi.