Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universitetida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi
    24.09.2021

    Toshkent shahridagi Amiti universiteti tomonidan dunyo bo‘ylab eng yetuk mutaxassis olimlarni jalb etgan holda olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi” o‘tkazilmoqda.

    Forum doirasida Vinchenzo Piuri - italiyalik mashhur olim ma’ruzalari tinglanadi. U IEEE xodimi va ACMning taniqli olimi hisoblanadi. U axborotni qayta ishlash sohasidagi faoliyati bilan mashhur bo‘lib, sunʼiy intellekt, hisoblash intellekti, signal tasvirni qayta ishlash, biometriya, sanoat ilovalari, o‘lchash tizimlari, arifmetik birliklar va xatolarga bardoshli arxitekturaga alohida eʼtibor qaratgan. 

    Shuni ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Amiti universitetining ushbu forumni o‘tkazishidan maqsad, Respublikada olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari bilan muhokamalarini tashkil etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

    O‘tkazish sanasi: 30-sentabr kuni, soat 14:30

    Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70 uy.

    Manba: Axborot xizmati