Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatidagi AKT sohasiga ixtisoslashgan ta’lim maskanlari faoliyati o‘rganildi
    28.09.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov Urganch shahrida bo'lib, universitetning Urganch filiali, uning qoshidagi litsey vа Urganch axborot texnologiyalari texnikumida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning  turar joylarini ko'zdan kechirdi.

    Yangi va zamonaviy qulayliklarga ega texnikumning  joriy yil 1-oktabrdan o’qishni boshlashga tayyorlik holati o’rganildi.

    Shuningdek, TATU rektori tomonidan universitetning Urganch hududiy filialida o‘qituvchi va talabalarning murojaatlari bo'yicha sayyor qabul amalga oshirilib, mavjud muammo va takliflar o`rganildi va  ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.