Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan maqolalar tanlovi e’lon qilindi
    29.09.2021

    Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekistondagi elektron hukumat va raqamlashtirishga oid eng yaxshi maqolalar tanlovini e'lon qiladi. Tanlovda yosh mutaxassislar va olimlar ishtirok etishlari mumkin.

    Tanlov natijalari 2021-yil 1-noyabr sanasidan keyin, “Elektron hukumat – 2021” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida e'lon qilinadi. Tanlov ishtirokchilarining eng yaxshi materiallari anjuman maqolalari to‘plamida nashr etiladi.

    Tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining diplomlari va  ko'plab qimmatbaho sovrinlar topshiriladi. Shu bilan birga, maqolalar  Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatidan o‘rin olgan jurnallarda, shuningdek, mamlakatning eng yaxshi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilish uchun tavsiya etiladi.

    Arizalar 2021-yilning 25-oktabrgacha qabul qilinadi.

    Maqolalar quyidagi elektron pochta manzilida qabul qilinadi: e-govtanlov21@inha.uz

    Tanlovida qatnashish shartlari bilan tanishish uchun: https://inha.uz/content/news/1289