Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
    29.09.2021

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida o‘n oltinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Nukus tumani hokimligi, IT Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbar va xodimlari hamda tuman faollari, umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

    Shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz, zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

    Shuningdek, markazda ushbu tuman korxona va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organi xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.