Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati maktablarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
    06.10.2021

    Jizzax viloyati Zarbdor tumani chekka hududlarida joylashgan maktab o’quvchilariga   IT-markaz xodimlari tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tushunchalar berildi.

    Darslar davomida o‘quvchilar IT markazlardagi mavjud o'quv kurslari, uning faoliyati va “Bir million dasturchi” loyihasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

    Tumandagi yoshlarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish va ularni kelajak kasbi hisoblangan IT dasturlash bo‘yicha sifatli va bepul onlayn masofaviy ta’limga jalb etish maqsadida taqdimotlar o‘tkazildi.  

    Shu bilan birga, ishtirokchilarga loyihaning mazmun mohiyati, ro‘yxatdan o‘tish tartiblari, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari va videodarslar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohadagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.