Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Payariq tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    06.10.2021

    Samarqand viloyatining Payariq tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Payariq tumani hokimligi, vazirlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarining viloyat bo`linmalari rahbarlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

    Ushbu Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi viloyatdagi o‘n uchinchi o‘quv markazi bo‘lib, kerakli zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan.

    Markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter va robototexnika sinflari tashkil etilib faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Ta’kidlash lozim, bugunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand viloyatining 12 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgan.