Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU hamda “ALSKOM” Sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
    06.10.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti va “ALSKOM” Sug‘urta Kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida memorandum imzolandi.

    Kelishuvning asosiy maqsadi tomonlarning sug‘urta sohasida hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorida raqamli sug‘urta tajribasini jalb qilishdan iboratdir.

    Uchrashuvda o‘zaro sohalarda ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish,  qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba va ma’lumot almashinuvi, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlardan foylalanib sug‘urta sohasini raqamlashtirish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash,  professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda birgalikda tadqiqot (master-klasslar) o‘tkazish,   bitiruvchilar va korxona o‘rtasida stajirovkalar joriy qilish,  onlayn sug‘urta, raqamlashtirish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish kabi masalalar yuzasidan kelishildi.