Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    06.10.2021

    Axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Farg‘ona viloyati  Qo‘shtepa tumanida yangi  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Qo‘shtepa tumani hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi,  IT-Park Farg‘ona filiali hamda Vazirlik tizimidagi soha korxonalar va tashkilot rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    O‘quv markazida Qo‘shtepa tumanining 2 mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kibersport o‘yinlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.