Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari davom etmoqda
    07.10.2021

    O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahridagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 9-son tayanch maktabida seminar tashkil etildi.

    Unda viloyatning umumta’lim maktablari direktorlari va informatika o‘qituvchilari qatnashdi. Seminar davomida “Bir million dasturchi” loyihasining maqsadi va ahamiyati, axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yo‘naltirish masalalari bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida o‘qituvchi pedagoglarning sohaga oid bo‘lgan savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javob berildi.