Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida “Sturgeon Capital” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    07.10.2021

    2021-yil 7-oktabrda Toshkent shahridagi Inha universitetida “Sturgeon Capital” Ltd investitsion kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitet rektori, xodimlari, hamda “Sturgeon Capital” tomonidan bir yillik ta'lim granti olgan Toshkent shahridagi Inha universitetining 3 -bosqich talabasi  Malika Kurmayeva ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, ushbu kompaniya gender tengligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

    Shu munosabat bilan,Toshkent shahridagi Inha universitetining faqat talaba qizlari ta’lim granti uchun qatnashishlari mumkin edi, natijada M. Kurmayeva g‘olib bo‘ldi. Uchrashuvda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.