Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Guliston tumanidagi 27-maktabning informatika sinf xonasi zamonaviy kompyuter jihozlari va o‘quv mebellari bilan ta’minlanib, foydalanishga topshirildi
    08.10.2021

    Bugungi kunda Davlatimiz tomonidan yoshlarga axborot texnologiyalari hamda dasturlash sohasida ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

    Joriy yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi shundan dalolatdir. Bu o‘tgan yillarda jamiyatning intellektual va innovatsion salohiyatini yuksaltirish yo‘lida boshlangan progressiv islohotlarning mantiqiy davomidir, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Mazkur dolzarb yo‘nalishdagi maqsadlarga erishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, soha bilan mashg‘ul yoshlar kontingentini ko‘paytirish, shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Bugun 8-oktabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 27-sonli “Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab”ining informatika sinf xonasi zamonaviy kompyuter jihozlari va  o‘quv mebellari bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ta’minlanib, foydalanishga topshirildi.

    Bugungi kunda Sirdaryo viloyatda axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirish yo‘nalishlarida bir qator vazifalar amalga oshirildi.  Respublikada birinchilardan bo‘lib, 190 ta maktabgacha ta’lim va 315 ta Xalq ta’limi obyektlariga to‘liq optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlandi.

    Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT Parkning filiali tashkil etilib, texnoparkda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Bu yerda 15 dan ortiq axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatadigan korxonalarni joylashtirish bilan 100 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

    Guliston shahridagi 1-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab internati negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi tashkil etildi. Mazkur maktabda 2020-2021 o‘quv yili uchun 33 nafar, 2021-2022 o‘quv yili uchun 61 nafar o‘quvchi 7-sinfga qabul qilinib, jami 94 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda.

    2021-yilda 5 ta, 2022-yilda 3 ta va 2023-yilda 2 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.    

    Aholining raqamli texnologiyalarda ishlash ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Respublikada birinchilardan bo‘lib, viloyatning barcha tuman va shaharlarida jami 11 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilib, 24 ta o‘qituvchi-trenerlar faoliyat olib borishmoqda. Ushbu markazlarda kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 2019-2020 yillarda 1319 nafar, 2021-yilda 1 458 nafar jami 2 777 nafar tinglovchi jalb qilinib, 1 770 nafari tamomlagan.

    Shu bilan birga,  Sirdaryo viloyatning barcha tuman va shaharlarida jami 100 dan ortiq turli tadbirlar o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga 5000 dan ortiq yoshlar jalb qilindi va IT sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.