Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida hamshiralar IT sohasida o‘qitilmoqda
    12.10.2021

    “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra,  har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi kiritilgan.

    Farg‘ona viloyati shahar va tumanlaridagi “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari”da ushbu hamshiralar hamda boshqa sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida o‘quv darslari o‘tkazilmoqda.

    Ushbu o‘quv kurslari ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, 600 nafardan ortiq IT operator – hamshiralar o‘qitilishi rejalashtirilgan.