Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari davom etmoqda
    14.10.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamda Marg‘ilon shahridagi “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”hamkorligida Qo‘shtepa tumanidagi 42-son maktabda seminar tashkil etildi.

    Unda informatika fani o‘qituvchilari va o‘quvchilari qatnashdi. Seminar davomida “Bir million dasturchi” loyihasining maqsadi va ahamiyati, axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yo‘naltirish masalalari bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida o‘qituvchi pedagoglarning sohaga oid bo‘lgan savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javob berildi.