Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida “Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi” o‘z faoliyatini boshladi
    15.10.2021

    Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida “Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi” ochilib, o‘z faoliyatini boshladi.

    Mazkur markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filiali, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qashqadaryo filiali, Qamashi tumani hokimligi, IT Park viloyat filiali, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali, soha tashkilotlari rahbarlari, faxriy mehmohlar, keng jamoatchilik vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.