Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Andijon viloyatidagi birinchi IT-Texnikum bilan tanishdi
    15.10.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Andijon  viloyatidagi xizmat safari doirasida, Andijon axborot texnologiyalari texnikumi  bilan tanishdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takmollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-sonli qarori va Andijon viloyat Hokimining 2021 yil 10 maydagi 161- sonli qarorlari asosida Andijon tumanidagi Mashinasozlik texnikumi negizida “Andijon axborot texnologiyalari texnikumi” tashkil etildi.

    Viloyatdagi IT-texnikumning bino va inshootlari rekonstruksiya qilindi, hududlarini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar natijasida 150 o‘rinli yotoqxona tashkil etilib qayta jihozlandi va foydalanishga topshirilishga tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 2 ta kompyuter sinf xonalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, 40 ta monoblok jamlanmasi va mebellar bilan ta’minlandi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash uchun tashkil etilgan texnikumga 2021/2022 o‘quv yilida talabalarni qabul qilish bo‘yicha 540 ta kvota ajratilgan.