Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Namangan IT-2021” axborot texnologiyalari sohasi forumi bo‘lib o‘tdi
    18.10.2021

    Namangan viloyatida IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park viloyat filiali, Namangan viloyati hamda tuman-shahar hokimliklari hamda qator AKT sohasiga ta’luqli tashkilotlar rolini jamoatchilikka ko‘rsatish, viloyatda IT sohasidagi o‘zgarishlarni e’tirof etish, tuman-shahar IT-maktablar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Pop tuman na’munasini yaratish va tadbiq qilish bo‘yicha “Namangan IT-2021” axborot texnologiya sohasi forumi bo‘lib o‘tdi.

    Viloyatda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, viloyat aholisini xususan xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida dasturchilar sonini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilandi.

    Pop tumani tomonidan ishlab chiqarilgan dasturga muvofiq IT sohasida “Ustoz-shogird” a’nanalarini asosida yosh dasturchilar klubi tashkil etilganligi, ushbu markazda yoshlar o‘zlari bilim olish bilan mos ravishda tengdoshlariga IT savodxonlik, dasturiy ta’minotlar bo‘yicha bilim berishadi. Jamoaviy ishlash uchun muhit yaratiladi. IT sohasi bilan birgalikda “IT-English” loyihasi ham tadbiq qilinadi.