Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda “Bir millon dasturchi” loyihasi doirasida seminarlar o’tkazilmoqda
    18.10.2021

    Bugungi kunda mamlakatimizda Birlashgan arab amirliklarining “Dubai Future Foundations” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga olishirilmoqda. Xorazm viloyatida ham “Bir million dasturchi” loyihasi yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish yuzasidan choralar ko‘rilmoqda.

    Xususan, Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi maktablarda “Bir million dasturchi”  loyihasiga maktab o‘quvchilarini qiziqtirish, loyiha doirasida yoshlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida seminarlar va tar’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

    “Bir million dasturchi”  loyihasi doirasida olib borilayotlgan ishlar loyihani yoshlar o’rtasida yanada ommalashtirishga hamda kompyuter dasturchilarining soni oshishiga, malakali mutaxassis kadrlarni yetishtirish orqali pirovardida mamlakatimizda zamonaviy axborot  texnoligiyalarining keng joriy etilishiga zamin yaratadi.