Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahar IT Park filialida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi
    19.10.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ va Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda imzolangan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlar orasidagi targ‘ibot ishlari yuzasidan 62 ta umumta’lim maktablari axborot texnologiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

    Unda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarning axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari va rahbar xodimlar ishtirok etdi.

    Ta’kidlash joizki, seminar davomida qatnashuvchilarga IT Park mutasaddi xodimlari tomonidan uzbekcoders.uz sayti orqali “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ro‘yhatdan o‘tish, loyiha maqsadi, mazmuni va unda bilim olish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.