Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Arnasoy tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    19.10.2021

    Jizzax viloyati Arnasoy tumanida   Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan o‘n birinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Mazkur markazlarning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Arnasoy tuman hokimi va rahbar xodimlari, IT-Park Jizzax viloyat filiali, keng jamoat vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Markazda tuman yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar.

     Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.