Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati G‘azg‘on shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    21.10.2021

    Navoiy viloyatining G‘azg‘on shahrida shinam va hamma shart-sharoitlarga ega navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilishida IT Park Navoiy filiali va G‘azg‘on shahri hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etib, kelajakda bu dargohda yetuk dasturchi-muhandislar yetishib chikishiga ishonch bildirdilar.

    Ushbu o‘quv markaziga tashrif buyurgan yoshlar bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishib, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakda yetuk dasturchi bo‘lib yetishish uchun harakat qilishlarini bildirishdi.

    O‘quv markazida dasturlash tilining Web Dizayn, FrontEnd yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar o‘qitilishi boshlanadi.