Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida yana bir Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi
    21.10.2021

    Buxoro viloyatining Romitan tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu markaz Buxoro viloyatida tashkil etilgan o‘ninchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Ochilish marosimda Romitan tuman hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, IT-park Buxoro filiali hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb etish uchun mo‘ljallangan.