Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida suhbat bo‘lib o‘tdi
    21.10.2021

    Samarqand shahridagi IT-Park filialida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan  “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

    Ushbu davra suhbatiga Samarqand viloyat hokimligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, ishlab chiqarish korxonalari, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim va xalq ta’limi muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida “Bir million dasturchi” loyihasi targʻiboti, loyihaning maqsadi to‘g‘risida so‘z yuritildi.