Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatining bir qator tumanlarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminarlar o‘tkazilmoqda
    25.10.2021

    Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va  Kasbi tumanlarida  “Bir million  dasturchi” loyihasi doirasida  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali bilan hamkorlikda o‘quv seminari o'tkazildi.

    Mazkur seminarda maktablarning informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari  hamda o‘quvchi, talabalar qatnashdi. Unda loyihaga qanday a’zo bo‘lish va kurs yakunida sertifikat olish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.