Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
    25.10.2021

    Surxondaryo viloyati Oltinsoy va  Termiz tumanlarida  “Bir million  dasturchi” loyihasi doirasida  o‘quv seminari o'tkazildi. 

    “Bir million dasturchi” loyihasi dasturchilar uchun hozirgi kunning eng ommabop bepul ta’lim olish uchun platforma hisoblanmoqda. Sababi, bugungi kunda yurtimizda dasturchilarga juda ham talab yuqori darajada.

    Shu boisdan, Oltinsoy tuman Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi xodimlari tumandagi 57-sonli maktabga tashrif buyurib, u yerdagi o‘quvchi yoshlar uchun seminar-trening o‘tkazdilar. Tadbir davomida “Bir million dasturchi” loyihasi hamda o‘quv markaz kurslari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

    Shuningdek, Termiz tuman Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi xodimlari tumandagi 2-sonli maktabga tashrif buyurib, u yerdagi o‘quvchi yoshlar uchun IT soxasida tushunchalar va IT markaz faoliyati tog'risida ma'lumotlar berdilar. Tadbir davomida “Bir million dasturchi” loyihasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.