Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari davom etmoqda
    25.10.2021

    Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari uchun “Bir million dasturchi” loyihasining maqsadi va ahamiyati, axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yo‘naltirish masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

    Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad, respublikada IT texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis kadrlarni yetishtirish va ularning IT yo‘nalishidagi bilimlarini eksport qilish orqali, iqtisodiyotini yanada rivojlantirishdir.

    Shuningdek, tadbir davomida respublikada tashkil qilingan IT markazlar, ularning faoliyati va tashkil qilingan o’quv kurslari bo’yicha ham qo’shimcha ma’lumotlar beribdi. Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.