Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyati Koson tumanida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
    26.10.2021

    Bugungi kunda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida hududlardagi maktablarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali bilan hamkorlikda oʻquv-seminarlari tashkil etilmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri  B.Nosirov tomonidan Koson tumanidagi maktab oʻqituvchilariga  “Bir millon dasturchi” loyihasi bo'yicha mahorat darsi o'tilib,  loyihaga a’zo  bo‘lish, kursni yakunlab sertifikatga ega  bo‘lish  bo‘yicha tushunchalar berildi.