Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyati tumanlarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qator tadbirlar o‘tkazildi
    26.10.2021

    IT Park Sirdaryo viloyati filiali va Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida “Bir millilon dasturchi” loyihasi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminarlari tashkil qilinmoqda. 

    Hozirgi kunga qadar Boyovut, Xovos, Sayxunobod, Sirdaryo va Guliston tumanlarida hamda Shirin, Yangiyer va Guliston shaharlarida o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, mazkur seminarlarda 459 nafar informatika fani o‘qituvchilari malaka va ko‘nikmalari oshirildi. 
    O‘quv-seminarlarni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi yoshlarni ushbu loyihaga keng jalb qilish va kelajakda IT sohasidagi kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

    Endilikda ushbu o‘quv -seminarlar kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda akademik litseylarda davom ettiriladi.