Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida ma'lumot berildi
    05.11.2021

    Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida ma'lumot berildi

    2021-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi hamda Iqtisodiyot tarmoqlarini raqamli rivojlantirish bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirokida oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida yurtimizda Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etishga yo‘naltirilgan qabul qilingan normativ-huquqiy xujajtlarning mazmun-mohiyati tegislhi boshqarma va bo‘lim vakillari tomonidan tushuntirib berildi.

    Mazkur ma’ruza bo'yicha tayyorlangan taqdimotni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.