Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farzandlaringiz IT markaziga boradimi?
    02.12.2021

    2021-yil 2-dekabr kuniZamonaviy ustoz” gazetasining 36-sonida Farzandlaringiz IT markaziga boradimi?” nomli maqola chop etildi. 

    Mazkur maqolada Qo‘qon shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tinglovchilari bo‘lgan iqtidorli yoshlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

    Maqolaning gazeta ko'rinishidagi varianti.

     

    Ota-ona maktabi

    Farzandlaringoz IT markaziga boradimi?

    Qo‘qon shahridagi “Yoshlar uchun raqamli texnologiyalar markazi” 2020-yilning oktabr oyida ish faoliyatini boshlagan. Bugun bu yerda 104 o‘quvchiga 5 nafar mutaxassis dars beryapti.

    - Kurslarga muntazam qatnashuvchilarning ko‘pchiligi maktab o‘quvchilaridir, - deydi “Yoshlar uchun raqamli texnologiyalar markazi” rahbari Rustamjon Dehqonboyev. – Ular 3-6 oy davomida bilimlarni o‘zlashtirib, yahshi dasturchi bo‘lishmoqda. Haftaning oxirida o‘zlashtirgan saboqlari bo‘yicha musobaqa tashkillashtiramiz va bellashiv g‘oliblarini rag‘batlantirib boramiz. “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni bepul o‘qitaypmoz. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish, “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish uchun ham barcha imkoniyatlar yaratilgan. Markazimizda axborot texnologiyalarini o‘zlashtirib, dasturiy mahsulotlar yaratishyapti.

    Yoshlar axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslari, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini yaratish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, dasturlash, mobil ilova, veb-dizayn, robototexnika, kibersport, startap markazi, frilanserlar maktabi, dizayn, fotoshop kabi yo‘nalishlarda ta’lim olishlari mumkin.

    Kompyuter savodxonligini o‘rganish uchun 3 oy, dasturlashni o‘rganishga 6 oy kerak bo‘ladi.

    Bu sohada qiziqshimga amakim ruhlantirgan, - deydi Qo‘qon shahar 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Muhammadyusuf Madaminov. – Ular “kelajak sohasi” deya markazga meni olib keldi. 6 oy davomida kompyuter dasturlaridan qanday foydalanish kerakligini to‘laqonli o‘zlashtirdim. Hozirda bemalol turli yo‘nalishlarda dastur, veb-sayt yarata olaman. “Kokand university” veb-saytini yaratib berdim. Endilikda onlayn do‘kon ustida ish olib boryapman. Bundan tashqari, darslardan so‘ng o‘quvchilarga sohaga oid bilimlarimni o‘rgatyapman. Kelajakdagi maqsadim – yahshi dasturchi bo‘lish va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan IT markazi ochish.

    Muhammadyusuf Abdullajonov ham do‘stning taklifi bilan bu yerda tahsil oldi. Hozirda o‘z bilimlarini o‘quvchilarga ulashish barobarida, turli xil buyurtma loyihalar istida ishlamoqda. Unda ustozlari “fotoshop ustasi” deya baho beradi. Reklama peshtaxtalaridagi rasmlarni ham aynan uning o‘zi tayyorlaydi. Kunlik daromadi ham yomon bo‘layotgani yo‘q. Muhimi ular darsdan keying vaqtlarini unumli va foydali mashg‘ulotlarga sarflashyapti.

    O‘g‘limning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishiga harakat qilaman, - deydi Ra’no Qodirova. – Yaqinda marg‘ilonlik dugonam 11 yoshli o‘g‘lining muvaffaqiyati bilan faxrlanib gapirib qoldi. O‘g‘li Nurulli raqamli texnologiyalar markazida bir yildan buyon shug‘ullanadi. Hozirda uning kompyuterda yaratgan modellariga katta-katta brend kompaniyalar qiziqib, sotib olayotgan ekan. Shundan so‘ng, men ham o‘g‘limno Qo‘qondagi IT markaziga olib keldim. Ayni kunlarda Abdulloh ham yangi loyihalar ustida ishlamoqda.

    Barcha jabhalarda raqamli texnologiyalar jadal tatbiq etilayotgan bugungi kunda mutaxassislar tayyorlashning intensive innovatsion usullaridan keng foydalanish taqozo etilmoqda. Bunday markazlar faoliyati nafaqat farzandlarimiz kelajagi balki jamiyat tarrqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan barcha shahar-tumanlarda IT markazlarini tashkil etish va yoshlarni bu yerga jalb qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

    Shohsanam ESHMATOVA tayyorladi.