Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Paxtachi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
    28.10.2021

    Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish bo‘lib o‘tdi. 

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, tuman hokimligi hamda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.

    Markazda tuman yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar.

    Manba: Axborot xizmati