Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida o‘n birinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    28.10.2021

    Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi.

    Tadbirda tuman hokimligi,   Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, IT-park Buxoro filiali mutasaddilari hamda raqamli texnologiya sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

    Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar.

     Shuningdek, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb etish rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati