Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida informatika o‘qituvchilari uchun "Bir million dasturchi" loyihasi bo‘yicha seminar tashkil etildi
    28.10.2021

    Bugungi tezkor va globallashuv davrida yuqori malakali dasturchi va mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo qilmoqda. 

    Bugungi kun va kelajagimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sohaning yetuk kadrlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

    Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi va IT Park Sirdaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda informatika fani o‘qituvchilari uchun "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o‘quv-seminari o‘tkazildi. 

    Seminar davomida ushbu loyiha bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi. 
    Hozirgi kunda barcha ta’lim dargohlarida iqtidorli yoshlar IT sohasini chuqur o‘zlashtirish va dasturlash asoslarini mukammal tarzda o‘rganib borishlari uchun sharoitlar yaratilgan.
    Bu esa, kelajak avlodning axborot texnologiyalari sohasidagi savodxonligini yanada oshishi uchun xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati