Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Shofirkon tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    29.10.2021

    Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rgatish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida hozirgi kunda respublika bo‘ylab raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Navbatdagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Shofirkon tumanida ochildi.

    Ochilish marosimida tuman hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, IT-Park Buxoro filiali hamda mahalliy yoshlar ishtirok etdi.

    Mazkur markaz so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter texnikalari va mebel jihozlari bilan jihozlangan bo‘lib, aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda korxonalar va boshqaruv organlari xodimlarining malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati