Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati Navbahor tumanida o‘n birinchi Raqamli texnologiyalar o'quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    29.10.2021

    Navoiy viloyati Navbahor tumanida shinam va hamma shart-sharoitlarga ega o‘n birinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

    Shuni ta’kidlash kerakki, endilikda Navoiy viloyatining barcha tuman, shaharlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari mavjud.

    Navbahor tumani Raqamli texnologiyalar o‘quv  markazi ochilishida Navbahor tumani hokimligi, IT-Park Navoiy viloyati filiali,  hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, kelajakda bu dargohda yetuk dasturchi-muhandislar yetishib chiqishini aniq ishonch bilan ta’kidladilar.  

    Navbahor tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv  markaziga kelgan yoshlar bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishib, yaratilgan bu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelajakda yetuk dasturchilar va mutaxassislar bo‘lishlarini mamnuniyat bilan so‘zlashdi.

    Ushbu markazda Kompyuter savodxonligi, Web Dizayn, Front End va SMM yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar o‘tilishi boshlanadi.