Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog'iston Respublikasida soha mutaxassislari tomonidan o'quv seminari tashkil etildi
    29.10.2021

    Qoraqalpoq davlat universitetida IT markaz Qoraqalpog'iston Respublikasi filialining mutaxassislari tomonidan talabalar uchun o'quv seminari tashkil etildi. 

    Bu seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarning yangi startap g'oyalarini, shu bilan birga mamlakatimizning rivojlanishiga foydasi tegadigan loyihalarni qo'llab-quvatlash  hisoblanadi.

    Seminarda soha mutaxassislari tomonidan "Bir million dasturchi" loyihasi va axborot texnologiyalari soxasidagi loyihalar haqida ma'lumotlar berildi. 

    Mazkur seminarda jami 200 dan ortiq yoshlar qatnashdi.

    Manba: Axborot xizmati