Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent metropolitenida UZTELECOM mobil aloqa va internetni yo'lga qo'ydi
    14.01.2022

    UZTELECOM milliy operatori maxsus zamonaviy uskunalardan foydalangan holda, metropolitenni yuqori texnologiyali aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirdi. Yangi 2022-yil boshidan Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalish va stansiyalari UZTELECOM mobil aloqasi bilan qamrab olindi.

     Toshkent metrosi nafaqat jamoat transporti, balki madaniy meros va sayyohlik diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Yo'lovchilar uchun mobil aloqa va Internet butun yo'lda ishlashi muhimdir.

     Amalga oshirilgan ishlar, birinchi navbatda, Respublika aholisi va mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati