Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda zamonaviy menejment” rahbar kadrlar uchun maxsus kurslar yakunlandi
    17.01.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK hamda MFaktor o‘quv markazi hamkorligida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda zamonaviy menejment” mavzusida maxsus o‘quv kurslari tashkil qilindi. O‘quv kursining  yopilish tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirning o‘rinbosri J.Maxsudov ishtirok etib sohada erishilgan yutuqlar hamda 2022–2026-yillarda AKTni yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha rejalar bilan tanishtirib o‘tdi.

    —Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi hamda “Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi asosida nafaqat sohani takomillashtirish, balki sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar, ayniqsa, rahbar kadrlarning mahoratini va menejmentdagi malakasini oshirish muhim hisoblanadi. Chunki rahbar kadrning boshqaruv faoliyati mukammal bo‘lsa, u rahbarlik qilayotgan tashkilot albatta yuqori darajada ish olib boradi- deb alohida ta’kidladi  Vazir o‘rinbosari J.Maxsudov

    Bundan tashqari, telekommunikatsiya sohasiga alohida urg‘u berib, rejaga ko‘ra viloyatlarda mobil internet tarmog‘i viloyat bo‘yicha oshirilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, sohani rivojlantirishda rahbar xodimlar bir-birlari bilan bevosita tajriba almashishlari ham alohida ta’kidlab o‘tildi.

    Maxsus o‘quv kursi yakunida, kurslardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berildi. O‘quv kurslari zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda olib borildi.

    Manba: Axborot xizmati