Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Nurafshon TV” telekanali o‘z faoliyatini boshladi
    17.01.2022

    2022-yil 17-yanvardan “Nurafshon TV” Toshkent shahri va Toshkent viloyatida efirga uzatilishi boshlandi.

    O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi PQ-18-son qarori bilan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlardan aholining xabardorlik darajasini kengaytirish  maqsadida Toshkent viloyatida “Nurafshon TV” telekanalini tashkil etish belgilangan edi.

    Qaror asosida AKT vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 638-son buyrug‘i bilan “RRTM” DUK tomonidan texnik tadbirlar amalga oshirilib, Toshkent teleminorasi, Angren, Shougaz, Chorvoq va Bekobod radioteleuzatish stansiyalari orqali “Nurafshon TV” telekanalini 17-yanvar kunidan boshlab test tariqasida efirga uzatilishi ta’minlandi.

    Manba: Axborot xizmati