Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qator kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilindi
    24.01.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” Qonuni 33-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom”ning 23 va 52-bandlariga asosan:

    “PS SISTEMS 24” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (Toshkent viloyati) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha faoliyatiga 2021 yil 19 avgustda berilgan AA seriya 0007204 raqamli;

    “VERTIGO EVOLUTION” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (Toshkent shahri) ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatiga 2021 yil 28 sentyabrda berilgan AA seriya 0007228 raqamli litsenziyalar bekor qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” Qonunining 33-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom”ning 49-bandiga asosan “MAXSUSENERGOGAZ” aksiyadorlik jamiyatiga 2019 yil 11 dekabrda berilgan, AA seriyali:

    • mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga 0007019 raqamli;
    • shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga 0007020 raqamli litsenziyalar jamiyatning 2022 yil 19 yanvardagi 01/05-94-son arizasi berilgan sanadan bekor qilindi.

    Manba: Axborot xizmati