O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi tomonidan (12/1-2611-son) “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari norma ijodkorligi faoliyati bo‘yicha rahbar va mutaxasislarining malakasini oshirish reja-grafigi” tasdiqlandi.
Mazkur reja-grafikka asosan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Markaziy apparati va tizim tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshiruvchi rahbarlari va xodimlarining 2022 yil 1-3 fevral kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirish kurslarida tinglovchi sifatida ishtirok etishlari belgilangan.
Uch kun davomida Vazirlik Markaziy apparati va tizim tashkilotlarining rahbarlari va xodimlari onlayn shaklda bevosita o‘quv kurslarida qatnashib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan qator mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilindi, dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Malaka yakunlari bo‘yicha muvaffaqiyatli qatnashgan tinglovchilariga belgilangan namunadagi sertifikatlar berildi.
O‘quv kurslarda taqdim etilgan ma’ruzalar:
Manba: Axborot xizmati