2022-yilning 31-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda “Assalom Navro‘z – 2022” tantanali tadbiri o‘tkazildi.
Unda “IT Women.Uz” xotin-qizlar loyihalari ko‘rgazmalari va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida “IT Women.Uz” loyihalari bitiruvchi va ishtirokchilarining uchrashuvi tashkil etilib, ular o‘zlarining startap loyihalari, IT sohasidagi tajribalari, sohaga ilk qadamlari haqida gapirib berildi. Shuningdek, ushbu uchrashuv ishtirokchilariga AKT vazirligi va tizimidagi tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.
Joriy yilning 11-aprel kuni “IT Women.Uz – 2022” loyihasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, IT Park, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha va Amiti universitetlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Mazkur loyiha doirasida xotin-qizlarning tadbirkorligi va kompyuter savodxonligiga oid qisqa muddatli oflayn va onlayn treninglarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.