Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish yo‘nalishida ham qator vazifalar belgilab berildi
    14.04.2022

    Davlatimiz rahbari telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish yo‘nalishida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yil yakuniga qadar:

    – 6 ming 800 ta yangi mobil stansiyani o‘rnatish va 80 ta olis qishloqni aloqa tizimiga ulash (yana 38 ta qishloq 2023 yilda ulanadi);

    – qo‘shimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash;

    – respublika bo‘yicha optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;

    – 60 foiz magistral yo‘llarni mobil internet bilan ta’minlash topshirildi.

    Eng muhimi, 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatida respublikada ilk bor yuqori quvvatli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi.

    Shuningdek:

    – birinchi yarim yillikda 100 million, yil yakunigacha 300 million dollar investisiyani o‘zlashtirish;

     – ikki oy muddatda Abu Dabi fondi bilan “O‘zbekiston pochtasi”ni transformasiya qilish rejasini ishlab chiqib, kiritish vazifasi qo‘yildi.

    Manba: Axborot xizmati