Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yig‘ilishda barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining xavfsizlik darajasini o‘rganishga ko‘rsatma berildi
    14.04.2022

    Bunda, birinchi yarim yillikda davlat idoralaridagi 50 ta, yil yakuniga qadar yana 120 ta axborot tizimlari tanqidiy ko‘rib chiqiladi.

    Axborot xavfsizligiga e’tiborsiz bo‘layotgan rahbarlar mas’uliyati ko‘rib boriladi.

    Sohada ilm-fan va ta’limni rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligi, bugungi kunda iqtisodiyotni raqamlashtirish uchun kamida yana 12 ming nafar yuqori malakali mutaxassislarga talab borligi ta’kidlandi.

    AKT vazirligiga ikki oy muddatda Axborot texnologiyalari universitetini tayanch ilm-fan va ta’lim klasteriga aylantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

    Zamonaviy “IT-park” universitetini tashkil etish, Jizzaxda 2-bosqich talabalarini asosiy mutaxassisligi bilan birga qo‘shma ta’lim dasturlari orqali IT fanlariga chuqur o‘rgatish bo‘yicha qaror loyihalarini kiritish vazifasi qo‘yildi.

    Yig‘ilish yakunida vazirlik rahbariyati muhokama qilingan masalalar yuzasidan axborot berdi.

    Manba: Axborot xizmati