Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarur
    16.04.2022

    Bugun, 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryoga xizmat safari doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Tashrif davomida so‘ngi vaqtlarda ta’lim sohasidagi islohotlar, filialdagi o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

    Tashrif doirasida AKT vaziri TATU Qarshi filiali va telekommunikatsiya fakulteti faoliyatining taqdimoti bilan ham tanishdi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan erishilayotgan yutuqlar, filialning keyingi 5 yillik rejalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

    AKT  vaziri yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish, ularning bu boradagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu borada yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’lim sifatini oshirishga bor kuch-g‘ayratni ishga solish zarurligi ta'kidlandi.

    Manba: Axborot xizmati