Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryoda tashkil etilgan Sayyor qabulda AKT vaziri aholi duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, sifatli mobil aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
    17.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantrish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryoda aholi tomonidan AKT sohasida duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan Sayyor qabul o‘tkazdi. Avvalroq vazirik axborot xizmati tomonidan Sayyor qabul sanasi ma’lum qilingan edi.

    Bugun 17-aprel kuni AKT vaziri Sh. Shermatov boshchiligida “Qarshi Technopark” MCHJda soha tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, talaba-yoshlar ishtirokida Sayyor qabul bolib otdi. Unda 250 dan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi.

    Sayyor qabulda vazirlik tizimidagi soha korxona, tashkilot va muassasalar hamda mobil aloqa operatorlari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari mobil va stasionar ko‘rgazmali burchaklari bilan qatnashdi.

    Qabul davomida fuqarolar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari, xususan, telefon va pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati, oliy ta’limda o‘qitish sifati, BPO markazlarini tashkil etish, ilmiy salohiyatni oshirish, frilanserlik va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, IT sohasida investesiyalar jalb qilish, dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, foydalanilmay turgan bino va xonalardan maqsadli foydalanish, IT-yo‘nalishida o‘zlarini qiynayotgan aniq muammo va masalalar ko‘tarildi hamda AKT texnologiyalari xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

    Soha korxona va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan telefon, internet pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati, ta’lim sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga investetsiyalar jalb qilish, ta’lim sifatini oshirish hamda IT yo‘nalishi bo’yicha murojaatlar kelib tushgan muammolar joyida hal etildi. O‘rganish qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

    Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi vakillari, talaba-yoshlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bu kabi xalq qabullarini muntazam o‘tkazib borish har tomonlama aloqa mustahkamligi, soha rivojiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

    Mazkur sayyor qabulda kotarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga ularni hal etish boyicha topshiriqlar berildi.  

    Manba: Axborot xizmati