Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Astrum IT аkademiyasi va USAIDning qo‘shma loyihasi qizlarning IT sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga qaratilgan
    18.04.2022

    Bugun, 18-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Astrum IT akademiyasiga tashrif buyurib, akademiya va USAID o‘rtasida dasturchi ayollarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihaning ochilish marosimida ishtirok etdi. 

    Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad 200 nafar qizga o‘quv dasturi doirasida axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim berishdan iborat. Loyiha 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan maktabni tamomlagan, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan, ko‘makka muhtoj qizlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

    “Astrum IT аkademiyasining tashkil etilishi Toshkent viloyatida yoshlarning ta’lim olishlari uchun o‘ziga xos loyiha bo‘lgan. Chiroyli bino qurish mumkin, uni chiroyli qilib jihozlash mumkin, biroq bizning sohamizda eng qiyin masala yaxshi o‘qituvchini topish edi. Lekin Astrumda aynan shu muammo hal bo‘lgan. Bu yerda o‘qiydiganlar o‘z ustida ishlab, haqiqiy kadrga aylanadigan sharoit yaratilgan.

    Hozir qizlarning ham o‘qib-izlanishlari uchun hech qanday to‘siq mavjud emas. IT sohasida ular ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Misol uchun, Amerika kompaniyalari bilan autsorsing qilishda qiz bolami, o‘g‘il bolami, farqi yo‘q. Muhimi, o‘z ishini bajarsa bo‘lgani.

    Shu sababli bugungi kunda 200 nafar ayol-qizlarni ITga o‘qitish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqdamiz”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov.

    Loyihani amalga oshirish mexanizmining o‘zi to‘rt bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ingliz tili, kompyuter savodxonligi va frilanser yo‘nalishlari bo‘yicha IT-mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha kompleks o‘quv dasturi tashkil etildi.

    Ikkinchi bosqichda loyiha ishtirokchilari QWASAR platformasi orqali veb-dasturlashni chuqur o‘rganadilar (Front end va Pre season bosqichi).

    Uchinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar asosiy kursga o‘tkaziladi va QWASAR platformasi yordamida o‘qishni davom ettiradi. Ularga ishga joylashish va mustaqil faoliyatda yordam beriladi.

    Kursning to‘rtinchi, yakuniy bosqichi esa loyiha natijalari asosida eng iqtidorli va qobiliyatli ishtirokchilarni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.

    Loyiha haqida ma’lumot:

    Loyihada ishtirok etish uchun nomzodlar matematika va informatika fanlaridan test sinovlaridan o‘tadilar. Yuqori ball toʻplagan qizlar kurslarda oʻqishi mumkin. O‘quv dasturi olti oy davom etadi. Mashg‘ulotlar haftada uch marta o‘tkaziladi.

    Trening yakunida kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga bilimlarini tasdiqlovchi sertifikat beriladi. Ularga ish topishda ham yordam beriladi.

    Manba: Axborot xizmati