Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijonda o‘tkazilgan sayyor qabul doirasida mobil aloqa va internet xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal qilindi
    18.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy inspeksiyasi hamda vazirlik tizimidagi soha korxonalarining jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq sayyor qabuli Andijon Digital City texnoparkida tashkil etildi. Avvalroq vazirik axborot xizmati tomonidan Sayyor qabul sanasi ma’lum qilingan edi.

    Sayyor qabulda Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar, “O‘zkomnazorat” Andijon viloyati hududiy inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning Andijon viloyatidagi filial va bo‘linmalari mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

    Unda Andijon viloyatida 2022-yil birinchi chorakda Andijon viloyati hududlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fuqarolarga ma’lumotlar berildi.

    Yig‘ilishda tadbirkorlar va fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan va o‘zlarida mavjud bo’lgan muammolar yuzasidan mas’ul rahbarlarga murojaat qilib javob olishdi.

    Telekommunikatsiya xizmatlari, jumladan, mobil aloqa va internet xizmatlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. O‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul rahbarlarga esa topshiriqlar berildi. Sayyor qabulda 40 nafardan ziyod fuqaro ishtirok etdi.

    Shuningdek, mobil aloqa operatorlari tomonidan yangi ishlab chiqilgan tariflar, xizmatlar va mijozlar uchun maxsus aksiyalar haqida ma’lumot berish va shu joyning o‘zida fuqarolarga kerakli xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida ko‘chma savdo yarmarkasi tashkil etildi.

    Manba: Axborot xizmati