Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi pochta aloqasi sohasidagi tadbirkorlikni rivojlantirishdagi keraksiz byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash imkonini beradi (RASMIY BAYONOT)
    19.04.2022

    Bugun, 19-aprel kuni Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisi doirasida “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

    Majlisda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev hamda tegishli rahbar-xodimlar ishtirok etdi.

    Qonun bilan Vazirlar Mahkamasining pochta aloqasi sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda.

    Pochta aloqasining xavfsizligi pochta aloqasi sirini himoya qilishga, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining, pochta aloqasi vositalarining but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan, qonunchilikda belgilangan tadbirlar majmuidan iboratligi nazarda tutilmoqda.

    Pochta aloqasi foydalanuvchilarining huquqlari va majburiyatlari aniqlashtirilmoqda. Xususan, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini pochta manzili bo‘yicha yoki yo‘qlab olish tarzida olish huquqi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, taqiqlangan moddalar va predmetlar jo‘natilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.

    Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qonunchilikka muvofiq qoplashi mustahkamlanmoqda.

    Qonunning qabul qilinishi pochta aloqasi sohasidagi tadbirkorlikni rivojlantirishdagi keraksiz byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

    Qo‘mita majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.