Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koreya Respublikasining MOON Engineering kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi
    20.04.2022

    Ushbu shartnoma Elektron hukumat ma’lumotlar markazini yaratish loyihasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuzildi.

    2022-yil 19-aprel kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida MOON Engineering (Koreya Respublikasi) kompaniyasi bilan «Elektron hukumat tizimida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish» loyihasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga shartnoma imzolash marosimi o‘tkazildi.

    Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan moliyaviy hamkorlikda «Elektron hukumat tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirishning ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

    Ma’lumot uchun: MOON Engineering kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan. U Koreya Respublikasining AKT bo‘yicha konsalting, loyihalash va qurilish sohasida yetakchi muhandislik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati